Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri, Shahrisabz va Kitob tumanlari hududida mamlakatimizda turizm, sanʼat va madaniyat sohalarini rivojlantirishga qaratilgan II xalqaro yoshlar qurultoyi boʻlib oʻtmoqda. Unda Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Turkiya kabi davlatlar, shuningdek, mamlakatmizning barcha viloyatlaridan kelgan yoshlar ishtirok etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan hududiy ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda qurultoyga tashrif buyurgan yoshlar, shuningdek, xorijiy sayyohlar xavfsizligi, jamoat tartibi namunali taʼminlanmoqda.
Mehmonlarni kutib olish, ularni Shahrisabz tumanidagi “Lochin” sogʻlomlashtirish markaziga kuzatib borish, joylashtirish, kunu tun xavfsizligini taʼminlash va boshqa shu kabi turli amaliy tadbirlarda boshqarma xodimlari faollik bilan xizmat olib borishmoqda.
Xalqaro yoshlar qurultoyi davom etmoqda.
Javlonbek ALLAYEV,
Qashqadaryo viloyati IIB XTTB TMB boshligʻi, kapitan.
