1. Har kuni 10-30 daqiqa piyoda yur va koʻproq tabassum qil.

2. Nonushtani oʻrta meʼyorda, tushlikni koʻp va kechki taomni oz tanovul qil.

3. Tabiat inʼom etgan tabiiy meva-sabzavotlarni koʻproq, sunʼiy tayyorlangan yeguliklarni kamroq isteʼmol qil.

4. Hech narsani ichingga otma.

5. Ibodat va duo uchun vaqt ajrat.

6. Har kuni kamida 10 daqiqa sukut saqlab oʻtirib, tafakkur qil.

7. Oʻz vaqtida va meʼyorida uxla.

8. Koʻp suyuqlik ich.

9. Hayotingni boshqalarniki bilan solishtirma. Ularning taqdir soʻqmoqlari qanday tuzilganini bilmaysan.

10. Oʻzing nazorat qila olmaydigan salbiy oʻy-fikrlarga ega boʻlma. Buning oʻrniga quvvatingni shu on uchun sarflab, nafas olgan har bir soniyani qadrla, hayotdan bahra ol.

11. Kuch-quvvatingni boshqalarning hayotini muhokama qilib bekor sarflama.

12. Oʻtmish masalalarini unut. Boshqalarga kechmish xatolarini xotirlatma. Bu holat mavjud baxtingni buzar.

13. Hayot kimgadir nafrat bilan boqib vaqtni sarflash uchun juda qisqadir. Hech kimdan nafratlanma.

14. Hayot bir maktab, biz esa saboq olish uchun shu yerda ekanimizni unutma. 

15. Oilangga gʻamxoʻrlik koʻrsat, ular mehringni his etsin.

16. Har kun boshqalarga ijobiy jihatlarni ravo koʻr. Masalan: tabassum, minnatdorlik, iltifot, yordam, koʻmak, ruhiy madad...

17. Hammani hammasi uchun afv et.

18. Har kuni kamida 3 kishiga tabassum qilib, notanish bir kishiga salom berishni odat qil.

19. Boshqalar sen haqingda nima deyishlari bilan qiziqma.

20. Foydali, goʻzal va quvonch toʻla boʻlmagan har narsadan uzoq turishga harakat qil.

 Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.