Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan fargʻonalik bir guruh soha fidoyilari ham davlat mukofotlari, Ichki ishlar vazirligining turli darajadagi koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻalari, viloyat hokimligining sovgʻalari bilan taqdirlangan edi.
Kuni kecha ushbu mukofotlar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Anjumanda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish borasida erishilayotgan yutuqlar haqida toʻxtalib oʻtdi va soha xodimlariga muvaffaqiyat tiladi.
Shundan soʻng bir guruh soha fidoyilari va faxriylarga mukofotlar topshirildi.
Tantanali tadbir fargʻonalik sanʼat ustalarining diltortar kuy-qoʻshiqlari, jozibali raqslari bilan yanada fayzli tus oldi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
