Aholini sportga jalb qilish, mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish, maʼnan va jismonan yetuk oilalarni shakllantirish maqsadida Urgut tumani 3-sektor hududida “Sogʻlom va barkamol oila” shiori ostida Ichki ishlar vaziri sovrini uchun sport musobaqasi va kitobxonlik bellashuvi tashkil etildi. 

 3-sektor rahbari Urgut tuman IIB boshligi, polkovnik Z.Mamadoliev tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbir “Jartepa” mahalla fuqarolari yigʻinida hududida joylashgan 93-sonli maktabda boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirokchilar sportning shaxmat, stol tennsi, quvnoq startlar va uzoqqa yugurish turlari hamda kitobxonlik boʻyicha bellashishdi.

  Musabaqaning sport yoʻnalishi boʻyicha Maruf Xolmatovlar oilasi, kitobxonlikda Jasur Muqimovlar oilasi gʻolib boʻldi. Ularga 3-sektor tomonidan sovgʻalar topshirildi.

Zamira BOLTAYEVA, 

“Na postu” muxbiri.  

Samarqand viloyati.