IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qism qoʻmondonligi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilarning shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Ishoqxon Ibrat muzeyiga sayohati tashkil etildi.  

Ulugʻ bobomizning 1909-yilda Toʻraqoʻrgʻonda ilk bosmaxona tashkil etgani, 14 ta ilmiy lingvistik asar yozgani, shuncha tilni mukammal bilgani bugungi kun yoshlari uchun ham katta voqelikdir. Uning "Tarixi chapona", "Ilmi ibrat" kabi asarlari jahon durdonasi hisoblanishi alloma hayoti va ijodiga qiziquvchilar sonini oshirmoqda. 

 – Harbiy qismda oʻtkaziladigan maʼnaviyat soatlarida taassurotlar asosida suhbatlar oʻtkazamiz, – deydi harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Boburjon Moʻnisov. – Shu maʼnoda bugungi sayohatimiz galdagi maʼrifiy uchrashuvlarimizga mavzu boʻldi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA, 

" Postda" muxbiri.

Namangan viloyati.