Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB tomonidan atrof-muhit muhofazasiga oid reyd oʻtkazildi.
Reyd davomida Guliston tumanidagi dala va suv havzalarida ikki nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ov qilish holati aniqlanib, ularga nisbatan 2 mln. 700 ming soʻm maʼmuriy jarima va 1 mln. 215 ming soʻm miqdorida yetkazilgan zararni undirish jazosi belgilandi.
Shuningdek, Sirdaryo tumani Baxt shahrida dala chetidagi 45 dona tut hamda 69 dona terak daraxti hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda kesib ketilganligi aniqlandi. Qonunbuzarlar tomonidan tabiatga 223 mln. 425 ming soʻm zarar yetkazilgan. Ularga nisbatan qonuniy chora koʻrildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda “ muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
