Yaqinda Xalqaro islom akademiyasining bir guruh talabalari Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlariga qarashli, poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy kism shaxsiy tarkibi mehmoni boʻlishdi. Vazirlik tizimida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida harbiy qism Madaniyat zalida havaskor talabalardan tarkib topgan teatr studiyasi jamosi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” asari asosida tayyorlagan buyuk bobokolonimiz Zahriddin Muhammad Bobur hayoti haqida hikoya qiluvchi spektaklni namoyish etishdi.
Tomosha yakunida talabalar teatri aktyorlari va sahnalashtiruvchi rejissyori harbiy qism komandiri tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Abdurasul Abdunabiyev,
mayor.
