Navoiy viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari hamda IIV Navoiy akademik liseyi direktori boshchiligidagi targʻibot guruhi viloyatimizning umumtaʼlim maktablarida uchrashuvlar oʻtkazishni boshlab yubordilar. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad aʼlochi va iqtidorli oʻquvchilarni liseyga jalb qilish orqali kelgusida ichki ishlar organlari uchun bilimli va iqtidorli xodimlar zaxirasini yaratishdir.
Targʻibot tadbirlari davomida oʻquvchilarga IIV Navoiy akademik liseyida tahsil oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatimiz tomonidan koʻrilayotgan choralar boʻyicha maʼlumotlar berilyapti. Oʻzaro muloqotlar chogʻida guruh aʼzolariga Qiziltepa tumanidan 23 nafar hamda Navbahor tumanidan 25 nafar aʼlochi oʻquvchilar liseyga kirish istagini bildirishdi. Targʻibot tadbirlari viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
