Insondagi vatanparvarlik tuygʻusi avvalo, oʻz xalqining tarixi va madaniy meroslarini bilish orqali shakllanadi. Shu boisdan, oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun bu boradagi saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh oʻquvchilarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyiga sayohati ham ayni qilinayotgan ishlarning tasdigʻidir.
Bu yerga kelgan kelajagimiz egalari xalqimizning boy tarixi, bebaho madaniy merosi hamda oʻlkaga tegishli turli eksponatlar bilan yaqindan tanishib, oʻzlarining tarixiy bilimini yanada oshirishdi.
Azamat PIRNIYAZOV,
“Postda” muxbiri.
