IIV Jizzax akademik liseyida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda oʻquvchilarning “Temur tuzuklari”ning mazmun-mohiyati, shuningdek, buyuk hukmdor va sarkardaning hayoti hamda siyosiy faoliyatidan qanchalik xabardor ekanliklari sinovdan oʻtkazildi. Natijalarga keladigan boʻlsak, 1-oʻrinni “Temurbeklar” jamoasi egalladi. Keyingi oʻrinlarni “Temuriylar izdoshlari” hamda “Buyuk Turon” jamoalari qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, mazkur tadbir IIV taʼlim muassasalarida oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston tarixi fani oyligi” doirasida tashkil qilindi.

Umid TOʻYCNIYEV,

IIV Jizzax akademik liseyi oʻqituvchisi.