Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va tergov boʻlinmalarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida 2021-yil yakunlari hamda joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish kun tartibiga koʻra, yil davomida ijobiy koʻrsatkichlariga erishgan xodimlar va ularning ota-onalariga IIV huzuridagi Tergov departamenti hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining qimmatbaho sovgʻa va tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, yakunlangan yilda xodimlarning xizmat faoliyati davomida yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar birma-bir muhokama qilinib, barcha tergov boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Yana Tergov departamenti tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bildirilgan eʼtirozlar hamda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarga kelgusida yoʻl qoʻymaslik maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilish yakunida shaxsiy tarkib uchun oʻquv mashgʻuloti tashkillashtirildi.

 

O. BOZOROV,

mayor.

Buxoro viloyati.