Xorazm viloyati IIBda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Uni viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Davron Nazarmuxamedov ochib, tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Ichki ishlar vazirining soha xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

   Tadbirda soʻzga chiqqan ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylar tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnatini alohida eʼtirof etib, ularni kasb bayrami bilan muborakbod etishdi.

   Shundan soʻng, tibbiyot sohasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bir guruh salomatlik posbonlariga Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.   

  Xudoybergan JABBOROV,

  “Postda” muxbiri.