IIV Malaka oshirish instituti boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik fakulteti oʻquv-yigʻini tinglovchilarining maʼnaviy salohiyatini yanada oshirish va siyosiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Jumladan, joriy yilning 5-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasi, dunyodagi tahliklali siyosiy vaziyatlar mavzusi yuzasidan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharhlovchisi, xalq taʼlimi aʼlochisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, YUNESKO akademigi Qobilbek Karimbekov mavzuni yoritib berdi.

Tadbirni Malaka oshirish instituti boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik B.A. Ulugʻbekov ochib berdi. U bugungi kunda dunyo siyosiy maydonida murakkab jarayonlar yuz berayotganligini, har bir jahonda sodir boʻlayotgan vaziyatlarga sergaklik va hushyorlikni yoʻqotmaslik, dunyoda sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlishning muhimligi, axborot xuruji kabi eng dolzarb muammolarni ichki ishlar tizimida faoliyat olib boruvchi har bir xodimning mazkur jarayonlarni diqqat bilan kuzatib borishi zarurligini taʼkidlab, mavzu yuzasidan soʻzni Q.T. Karimbekovga berdi.

Q.T.Karimbekov oʻz nutqi avvalida Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha 2022-2026 yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasining yettinchi yoʻnalishi mamlakatning tashqi siyosatiga bagʻishlanganligi, mazkur yoʻnalishda xorij mamlakatlari bilan ochiq va doʻstona munosabatlarni amalga oshirish ustuvor maqsad sifatida belgilanganligiga toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda dunyoda roʻy berayotgan yangiliklar, barchaning diqqat markazida boʻlgan voqea-hodisalar toʻgʻrisida fikr-mulohazalar yuritildi. Tinglovchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati