Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab talabalar bilan ishlash boʼyicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilinib, uning oʼrniga talabalar bilan ishlaydigan “tyutorlar” amaliyoti yoʼlga qoʼyildi.
“Tyutor” (“tutor”) tom maʼnoda ustoz, murabbiy, instruktor — yoʼl koʼrsatuvchi maʼnolarida qoʼllaniladi. Tyutor birinchi navbatda, maʼlum bir sohaning mutaxassisi boʼlib, uning asosiy vazifasi talabaga muayyan bilim va koʼnikmalar berishdan iborat.
Kengroq maʼnoda esa, tyutor talabaga oʼquv jarayoni davomida oʼz salohiyatini namoyon qilish, oʼzini yanada yaxshiroq anglash, oʼqish va hayotda toʼgʼri qaror qabul qilish va tanlashni oʼrgatadi. U talabaga har bir qadam va harakatlarining oqibatlarini anglash, hayotda oʼz qiziqishlarini topishga yordam beradi.
Guliston shahar IIO FMB tashabbusiga bilan Guliston davlat universitetida ustoz-tyutorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda HPB XQMB inspektori, katta leytenant S.Tursunboyeva, VYENB inspektor-psixologi, leytenant M.Abdumalikov ishtirok etdi. Uchrashuvda yoshlarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, majburiyat va vazifalari muhokama qilindi. Talabalar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishga oid chora-tadbirlar belgilandi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
