Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Faxriylar kengashi aʼzolari hamda ushbu taʼlim muassasasi oʻquvchilari ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizdagi barcha sohalar qatori, ichki ishlar organlari tizimida bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar toʻgʻrisida yoshlarga batafsil tushunchalar berishdi.
Shuningdek, uchrashuvda mamlakatimiz yoshlarini ona Vatanga mehr-muhabbat va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlida samarali ishlar olib borilayotgani, bu kabi xayrli ishlarda keksa avlod vakillarining ham munosib oʻrni borligi haqida taʼkidlandi.
Oʻz navbatida ertangi kunimiz egalari boʻlmish yoshlar ham qimmatli vaqtini ayamasdan kelgan faxriylarga chuqur minnatdorlik bildirib, kelajakda ular kabi yetuk insonlar boʻlishga vaʼda berdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
