Jizzax shahrida 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ichki ishlar organlari tizimidagi oʻquv muassasalari pedagogik jamoalari hamda soha faxriylari ishtirokida bayram uyushtirildi. Tadbirda ustoz va murabbiylar ayyom bilan qutlandi. Shuningdek, eng faollar Ichki ishlar vazirining buyrugʻi asosida “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni, faxriy yorliq hamda sovgʻalar bilan taqdirlandi.   

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.