“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Fargʻona viloyatining Rishton tumani Ichki ishar boʻlimida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Unda viloyat IIB 2-mintaqaviy hududiga qarashli shahar va tumanlarda istiqomat qilayotgan 100 nafarga yaqin faxriylar, tizimda koʻp yildan buyon xizmat qilib kelayotgan tajribali xodimlar va yangi ishga kirgan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Muhitdin Joʻraev, IIV Faxriylar kengashi raisi oʻrinbosari, isteʼfodagi polkovnik Gʻayratjon Boltaboev qatshanib, “ustoz-shogird” anʼanasining tizimda tutgan oʻrni, uning ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqan faxriylar yoshlarga oʻz tajribalari haqida soʻzlab berishdi.

Shu kuni bir guruh faxriylarga IIV Faxriylar kengashi tomonidan taʼsis etilgan koʻrkak nishoni va faxriy yorliqlar ham tantanali ravishda topshirildi.

Uchrashuv iftorlik dasturxoni ustida ham davom etdi. Ustozlar shogirdlari bilan samimiy suhbatlashib, ularga qimmatli maslahatlarini berishdi.

Bu uchrashuv yosh xodimlarning maʼnaviy dunyosini boytishda, ularni Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.