Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida “VATAN TAQDIRI — MENING TAQDIRIM” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi tadqiqotchisi Sobir Elmuratov ishtirok etdi. Tadqiqotchi oʻz soʻzida Vatan kelajagi uchun barcha masʼul ekanligi, bilim olishning ahamiyati, ajdodlar ibrati haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, inson tarbiyasida kitobning oʻrni haqida soʻz yuritib, yoshlarni maʼnaviy komillikka undadi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
