Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston kinematografiyani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qism shaxsiy tarkibi uchun vatanparlik ruhidagi milliy filmlar namoyishi tashkil etildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanning bir qarich yerini ham qoʻriqlash va himoya qilish sharafli burch ekanligi aks yetgan filmlar harbiy xizmatchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

– Filmlarni tomosha qilib, Vatan himoyachisi ekanligimdan yana bir bor faxrlanib ketdim. Harbiy xizmatchilar yurtni qoʻriqlar, burchiga sodiq ekan, ota-onam, aka-ukam, opa-singillarim, butun Oʻzbekiston xalqi uylarida bexavotir, tinch hayot surmoqda, – deydi muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Rustam Kimsanboyev.

Azamat Kurbanbayev,

oddiy askar.