Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qism “Yoshlar ittifoqi” boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan dam olish kuni rejasiga muvofiq, yosh askarlarning harbiy qism muzeyiga tashrifi uyushtirildi.

 Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa, muddatli harbiy xizmatchilarni Qorovul qoʻshinlari tomonidan erishilgan yutuqlar bilan tanishtirish bilan birga, ularda ona Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat va sadoqat tuygʻularini yanada oshirishdan iboratdir. 

Shunday qilib, vatanparvarlik ruhida oʻtgan ushbu tadbir davomida ertangi kunimiz egalari boʻlmish yoshlar ham oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.