Har yili Xorazmda “Gurvak – Xorazm qovunchiligi ramzi” savdo koʻrgazmasini oʻtkazish anʼanaga aylangan boʻlib, ushbu tadbir viloyatimizning dehqon va fermer xoʻjaliklari, davlat hamda jamoat tashkilotlari tomonidan koʻtarinki kayfiyatda oʻtkaziladi.
Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad, Xorazm qovunchiligini keng targʻib qilish orqali mahalliy va xorijiy sayyohlarni saxovatli zaminimizda yetishtirilayotgan qadimiy shirin qovunlarni parvarishlash sir asrorlari bilan tanishtirishdan iborat.
“Qovun sayli”da viloyatimizning folklor-etnografik guruhlari, estrada xonandalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari, gullar va hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi ham tashkil etilgan.
Shuningdek, Xiva shahrining turizm namoyish obʼekti oldida oʻtkazilgan tadbir davomida viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarimiz va chet ellik sayyohlar xavfsizligini taʼminlash bilan bir qatorda sayyohlar tomonidan berilgan savollarga xorijiy tillarda javoblar berildi.
Saboxat SULTONOVA,
katta leytenant.
Xorazm viloyati.
