Joriy yilning 25-30-aprel kunlari Xiva shahrining “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududida “Lazgi” II Xalqaro raqs festivali boʻlib oʻtdi. Festivalga dunyoning 21 mamlakatidan 180 nafarga yaqin ishtirokchilar tashrif buyurishdi. Shuningdek, ushbu nufuzli tadbirda koʻplab xorijiy va mahalliy sayyohlar ham tomoshabin sifatida qatnashib, Xorazm milliy raqs sanʼatining tarixi va buguni, uning musiqa bilan naqadar jozibador uygʻunlashganligiga guvoh boʻlishdi.

Xalqaro raqs festivalining eng faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda ragʻbatlantirildi. Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining hududiy va sohaviy xizmatlari xodimlari festivalʼ oʻtkazilishi davrida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida yanada hushyorlik bilan xizmat olib borishdi.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.  

Xorazm viloyati.