Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasida Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan Xiva 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilingani munosabati bilan xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirning ochilish marosimida Islom hamkorlik tashkiloti, Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, shuningdek, xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillarining mavzuga oid maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, tadbirda viloyatning taniqli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan milliy kuy va qoʻshiqlar, betakror raqslar ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilarining xavfsizligi taʼminlandi.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.