Ichki ishlar organlari xodimlari yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquq-tartibotni mustahkamlash borasida kunu tun xizmat vazifasini aʼlo tarzda bajarib kelishyapti. Buxoro viloyati IIBdagi ana shunday osoyishtalik posbonlarining bir guruhi “Vatan himoyachilari kuni” hamda Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi tantanali ravishda oʻtkazildi. Xodimlarga koʻkrak nishoni, faxriy yorliq, maxsus unvon, esdalik sovgʻalar topshirildi. Albatta, bunday eʼtibordan ragʻbat topgan xodim kelgusida sidqidildan Vatan himoyasiga bel bogʻlashi, yuksak natijalarga erishishi shubhasiz.

F. USMONOV,

kapitan.

Buxoro viloyati.