Namangan viloyati IIB majlislar zalida boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik M.Ubaydullaeva tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xotin-qizlarga Prezidentimizning «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori mohiyati tushuntirildi.

Mazkur qaror asosida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi qabul qilanganligi, xodimlarni «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlariga ega, oʻz burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish asosiy maqsad sifatida belgilanganligi tushuntirildi.   

Yigʻilishning ikkinchi qismida boshqarma mutaxassis psixologlari tomonidan tizimda xizmat qilib kelayotgan ayol xodimalar duch kelayotgan muammmolar, ularni yechish, shuningdek, nostandart va ekstemal vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlash boʻyicha oʻquv darslari va trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.  

Taklif etilgan amaliyotchi psixolog Dilnoza Xoldorova «Yoshga doir psixologiya» mavzusi boʻyicha toʻxtalib, yoshga doir psixologiya boʻyicha qanday muammolar mavjud va ularni qanday bartaraf etish lozimligi yuzasidan maslahatlar berdi.

Tadbir soʻngida xodima ayollar psixologik muammolari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA, 

"Postda" muxbiri.

Namangan viloyati.