Yangi oʻquv yili boshlanishi arafasida Fargʻona viloyati IIB rahbariyati ttashabbusi bilan soha xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada siyosiy, huquqiy, ilmiy, badiiy asarlar hamda oʻquv jihozlari arzon narxlarda savdoga qoʻyildi. Yurt posbonlari oʻzlari va farzandlari uchun har xil kitoblar, oʻquv qurolarini maqbul narxlarda sotib olishdi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.