Buxoro shahar hokimligida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish va uning profilaktikasi hamda yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruh aʼzosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova, viloyat IIB va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi masʼullari, yosh tadbirkorlar hamda faol va iqtidorli yoshlar, taʼlim muassasalari sardorlari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Uchrashuvda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar uchun yaratilayotgan keng koʻlamli islohotlar va imtiyozlar mazmun-mohiyati, shuningdek, yoshlar oʻrtasida uchrayotgan salbiy illatlarning oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida, erta turmush, jinoyatchilik, voyaga yetmaganlar sodir etayotgan huquqbuzarliklarning oqibatlari, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida maʼruza qilinib, videoroliklar namoyish etildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
