Viloyatimizda yoshlarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish borasida keng qamrovli targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Buxoro shahar IIOFMB Terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirokida navbatdagi profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda talabalar ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik tashkilotlarning targʻibotlari va soxta din ulamolarining daʼvatlarini kuzatishi orqali ularning taʼsir doirasiga tushib qolishi yoki chet elda faoliyat olib borayotgan ekstremistik oqimlar va taʼqiqlangan tashkilotlar safiga qoʻshilib qolishi hamda norasmiy tashkilotlarning noqonuniy faoliyati, yigʻilish va mitinglarini kuzatishi kabilardan ogoh boʻlishga chorlanib, ularning ogʻir va ayanchli yakuniga doir soʻz yuritildi.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.