Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Fargʻona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari Qoʻqon shahridagi Allomalar muzeyiga sayohat qilishdi.
Ushbu maskanda buyuk ajdodlarimizning hayoti, ijodi va siyosiy faoliyatiga oid qimmatli eksponatlar jamlangan boʻlib, xodimlar ushbu nodir ashyolarni diqqat bilan tomosha qildilar.
Muzey ilmiy xodimlari Navoiy va Bobur shaxsiyati, qoldirgan kitoblari haqida soʻzlab berdilar. Yurt posbonlari esa ulugʻ shoirlar qalamiga mansub sheʼrlardan yod oʻqishdi.
Abduvosit SIDIQOV,
Oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
