* Orzu bilan uxlab, maqsad bilan uygʻonishga oʻrgan.

* Marraga yetgan insonga yoʻlning boshida uchragan toʻsiq, qoʻrquv va qiyinchiliklar juda kulgili tuyuladi.

* Hayotda boshqalardan emas, oʻzingdan oʻzishga harakat qil.

* Chinakam maqsad kechalari uyqu bermaydigan emas, tongda oʻrindan turishga majbur qiladigan omildir.

* Odamga yashashga arzigulik bir maqsad bering va u istalgan vaziyatdan chiqib, qiyinchiliklarni yengib oʻtish uchun oʻzida kuch topa oladi.

* Orzular amalga oshishi mumkin. Buning uchun shunchaki soʻzlarni almashtirish kifoya: orzuni maqsadga, istakni vazifaga, intilishni harakatga.

* Aniq maqsad har qanday yutuqqa erishish uchun qoʻyilgan ilk qadamdir.

* Butun dunyo senga qarshi boʻlsa ham, unutma, samolyot shamolga qarshi parvoz qiladi.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.