“Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi.
Murosasiz oʻtgan musobaqada Boyovut tumani IIBning zukko xodimlari birinchi, Mirzaobod tumani IIB hamda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashdi.
Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar hamda kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
