U litsenziya olmasdan «Binance» kripto-birjasi orqali kripto-aktivlar savdosi bilan shugʻullanib kelgan. Jumladan, internetdagi maxsus akkaunt orqali USDT kripto-­aktivlarini sotib olgan va sotgan. Ayblanuvchi 2024-yil 

aprel oyidan 2025-yil 

fevral oyi­ga qadar boʻlgan davrda 78 ta tranzaksiya amalga oshirgan va jami 

79 ming AQSH dollari ekvivalentidagi kripto-aktivlarni aylantirgan. Qisqa qilib aytganda, kripto-valyu­talar savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasiz faoliyat yuritib, qonun talablarini qoʻpol ravishda buzgan.

U sud jarayonida aybiga toʻliq iqror boʻldi. Dastlab qiziqishi tufayli va qoʻshimcha daromad topish maqsadida kripto-sav­do bilan shugʻullanganini, keyinchalik bu faoliyatni doimiy davom ettirganini tan oldi. Sudlanuvchi qilmishidan astoydil pushaymon ekanligini aytib, yengillik berilishini iltimos qilib soʻradi.

Sud jinoyat ishi materiallarini, elektron dalillar, bank kartalari, telefon qurilmalari va «Binance» platformasidan olingan maʼlumotlarni atroflicha oʻrganib chiqdi. Ashyoviy dalil sifatida Jamshidga tegishli telefon apparatiga rasmiylashtirilgan akkaunt oʻchirildi, bevosita ushbu jinoyatlarni sodir etishda foydalanilgan plastik karta tegishli tartibda yoʻq qilindi. 

Sud yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sudlanuvchi­ning aybi toʻliq isbotlangan degan xulosaga keldi. Aybdor­ning qilmishidan pushaymonligi, aybiga iqror boʻlgani va tergovga yordam berganini inobatga olinib, unga yengillik berildi. Shu bilan birga, jinoyat gʻarazli maqsadda sodir etilgani ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholandi. 

Natijada Jamshid Oʻz­be­kiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandiga oid jinoyat sodir etganligida aybdor deb topildi. Unga 3 yil muddatga ozod­likni cheklash jazosi ta­yinlandi. Mazkur ish raqam­li iqtisodiyot sharoitida kripto-­aktivlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilish zarurligini yana bir bor koʻrsatdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kpirto-savdo sohasida faoliyat yuritish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlish va davlat tomonidan belgilangan tartiblarga rioya qilish muhim. Zero, har bir noqonuniy qilmishning oxiri voy. 


Shahodat ZAYNIDDINOVA,

podpolkovnik.

Goʻzal JAFAROVA,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.