Maʼnaviyat marshruti doirasida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismning bir guruh muddatli harbiy xizmatchilari poytaxtimizda joylashgan Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat qilishdi.
Sayohat davomida muzey mutaxassislari XX asr boshlarida yashab oʻtgan, “xalq dushmani” sifatida qatagʻon qilingan Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy kabi jadidlarning yurt ozodligi yoʻlida amalga oshirgan ishlari, yozgan asarlari haqida qimmatli maʼlumotlarni aytib oʻtishdi. Askarlar muzeyga oʻsha davrga mansub “qora 110” deb yuritilgan mashina eksponatini tomosha qilib, u bilan bogʻliq mudhish voqealardan boxabar boʻlishdi.
Azamat Kurbanbayev,
kichik serjant.
