Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati oʻtgan 2023-yil davomida 6774 marotaba turli mavzudagi profilaktik ahamiyatga ega videolavhalar, maqolalar, koʻrsatuvlar, radio eshittirishlar orqali jinoyat va huqubuzarliklarni oldini olishga qaratilgan materiallarni tayyorlab, aholi orasida targʻibot tadbirlari amalga oshirdi.

Shundan, 1212 marotaba televidenyaning turli kanallarida profilaktik va boshqa turdagi chiqishlar, gazeta va jurnallarda 678 ta turli intervyu va maqolalar, 564 marotaba radio orqali efirlar, internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda 4320 dan ortiq materiallar joylashtirilgan.

Kundalik sodir etilayotgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar, katta hajmli yoki odam oʻlimiga olib kelgan yoʻl-transport hodisalari hamda xodimlar jalb qilingan favqulodda vaziyatlar boʻyicha profilaktik ogohlantiruvlar, 930 ta jinoyat va hodisalar boʻyicha tezkorlik bilan maʼlumot voqea joyining foto yoki video tasvirlari aks etgan maʼlumotlar, xodimlarga nisbatan salbiy munosabat shakllantirishga qaratilgan maqola yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holatlarga tezkorlik bilan huquqiy munosabatlar bildirilgan. Fuqarolardan viloyat IIBning rasmiy veb-sayti va matbuot kotibining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga kelgan 267 ta savollarga oʻz vaqtida huquqiy javob va munosabatlar bildirgan.


Koʻplab Oʻzbekiston Respublikasi IIV imidjini oshirishga qaratilgan koʻrsatuvlar tayyorlanib telekanallar orqali namoyish qilindi. Xususan, “Hodisa joyidan”, “Osoyishtalik yoʻlida”, “Suhbat +”, “Xodimning bir kuni”, “Ayol xodima” kabi koʻsartuvlar shular jumlasidandir.


Oʻrta, oʻrta-maxsus va oliy taʼlim muassasalarida YHX, profilaktika, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspektorlari ishtirokida qonunchilik targʻibotiga doir tadbirlar boʻyicha 270 ta videolavhalarni tayyorlanib efirga uzatildi.

Fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan 320 ta qisqa metrajli ijtimoiy videoroliklar, viloyat IIB faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida 46 ta videolavhalar tayyorlandi. Viloyatdagi umumiy jinoyatchilikning ahvoli, olib borilayotgan ishlar boʻyicha matbuot anjumani, press-tur, brifing hamda ochiq muloqotlar oʻtkazildi.

Axborot xizmati muxbiri Umida Mamadalievaning “Mulohazalarim va mushohadalarim” nomli kitobi chop etilib, taqdimot qilindi. Samarali xizmatlari uchun Axborot xizmati operatori Furqat Rahimov viloyat hokimligining tashakkurnomasi, viloyat IIB boshligʻining esdalik qoʻl soati bilan taqdirlandi.

Tarkibida matbuot kotibi ham boʻlgan viloyat IIB yoshlari jamoasi Andijon viloyatida oʻtkazilgan “Zukko kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida 3-oʻrin, Buxoro viloyatida oʻtkazilgan“Zukko kitobxon” tanlovining mintaqaviy bosqichida 1-oʻrin, Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan “Ajdodlar izidan” kitobxonlik tanlovining Respublika bosqichida 1-oʻrinni egalladi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati 2024-yilda ham jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, tizim xodimlarining imidjini koʻtarish, xodimlarni aholiga yaqinlashtirish borasida oʻz oldiga ulkan maqsadlarni qoʻygan.