Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida viloyat IIB Xotin-qizlar jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Viloyat IIB MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik SH.Safarova boshchiligida qator soha masʼullari, shahodatlangan ayol xodimalar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga doir 2022 yil davomida “Xotin-qizlar bilan ishlash xaritasi” doirasida olib borilgan ishlar sarhisob qilindi.

         Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 20 yanvar kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ham muhokama qilindi. Tadbir doirasida viloyat IIB Tibbiyot boʻlimi shifokori G.Safarova “Sogʻlom turmush tarziga amal qilish, ayollarda uchraydigan ayrim kasalliklarning tabiiy davo muolajalarini qoʻllash” mavzularida maʼruza qildi. Yana tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning muammolari ham oʻrganildi.

         Davra suhbati tarzida olib borilgan muhokama jarayonida yangi yilning birinchi choragida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

M.AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.