Sirdaryo viloyati IIBda Xotin-qizlar huquq va erkinliklarini himoya qilishga oid hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda tizimda xizmat olib borayotgan xotin-qizlar bilan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, Xotin-qizlar jamoatchilik kengashining yangi tarkibi saylandi. 

Uchrashuvda tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xarita”sida Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi tadbirlar, yaʼni xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun ularning zaxirasini shakllantirib borish, kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlarda rahbarlik sifatlarini shakllantirish choralarini koʻrib borish, ijtimoiy-maishiy muammolarini oʻrganib borish va hal etishga koʻmaklashish, jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish choralarini koʻrish kabi tadbirlar belgilab berilganligi taʼkidlandi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlash bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari, mayor Nigora MAMAYUSUPOVA.