Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda harbiy qism tashkil topganligining 29 yilligi bayrami munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Harbiy xizmatchilar, nafaqadagi harbiylar va Qurolli kuchlarimiz faxriylari ishtirok etgan tadbirda sana munosabati bilan toʻkin dasturxon atrofida dildan suhbat qurildi.
Tadbirda oʻz xizmat majburiyatlariga vijdonan yondashib kelayotgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarida ijobiy natijalarga erishgan bir qator harbiy xizmatchilar Qoʻshin qoʻmondoni va harbiy qism komandirining esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.
B.MOʻNISOV,
harbiy qism komandirining oʻrinbosari, podpolkovnik.
