Surxondaryo viloyatida yangi tashkil etilgan Bandixon tumanidagi 3-sektor hududida ichki yoʻllar taʼmirlanmoqda.
Jumladan, hududdagi “Zevar” mahallasiga olib boruvchi 500 metr masofadagi ichki yoʻllarga tosh-shagʻal aralashmasi yotqizilib, taʼmirlash ishlari olib borildi.
Sektor hududida mavjud boshqa muammolarni ijobiy hal etish boʻyicha ham amaliy ishlar olib borilayotir. Muhimi, bundan odamlar xursand boʻlishmoqda.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
