Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi boʻlinmalarining 2022 yildagi faoliyati tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirda soha vakillari erishgan yutuqlar eʼtirof etilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tilga olindi. Chunonchi, tergov harakatlari davomida 66 milliard 639 million soʻmlik moddiy zarar aniqlanib, shundan 53 milliard 721 million soʻmi qoplanishiga erishilgan.

Yigʻilishda tergov harakatlarini samarali tashkil etish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, tergovchilarning aholi murojaatlari bilan ishlashga qaratilgan faoliyati koʻrib chiqildi. Tadbir davomida xizmat faoliyatida ijobiy koʻrsatkichlarga erishgan bir guruh xodimlar pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.