Xorazm viloyati Iibda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari ishtirokida “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyatini puxta oʻrganish va xizmat faoliyatiga keng tadbiq etishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik A.Imyaminov ochib, mazkur qaror Yangi Oʻzbekistonning yangi ichki ishlar organlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbirda qaror bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”ni shaxsiy tarkibga qisqa muddatda oʻrgatish yuzasidan oʻquv dasturini ishlab chiqishga eʼtibor qaratildi.

Yigʻilish ishtirokchilari mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Farid NURMATOV,

kapitan.

Xorazm viloyati.