Ichki ishlar vazirligi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi hamda “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi hamkorligida Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, yuridik fanlari doktori, professor Abdugʻofur Sattarov va mehnat faxriysi Aʼzam Shukurovning hammualliflikdagi “Achchilik Abdusattor qozining achchiq qismati” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda IIV sohaviy xizmat rahbarlari, faxriylar, yozuvchi va jurnalistlar, IIV taʼlim muassasalari tinglovchi hamda kursantlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Taqdimotda soʻz olganlar tomonidan mustabid tuzum davridagi qatagʻonlar millatning qanchadan-qancha asl, bilimli oʻgʻlonlarining umriga zomin boʻlganligini taʼkidlandi. Vatan ozodligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan avlodlar nomi tilga olindi.
Yakunda esa, ishtirokchilarga Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi tomonidan ishlangan Abdusattor Shukurov haqidagi hujjatli film namoyish etildi.
Oʻz muxbirimiz.
