Viloyat “Dinamo” JTSJKning taqvimiy rejasiga asosan sportning kurash turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Bellashuvda 24 ta jamoaning polvonlari oʻzaro kuch sinashdilar. Murosasiz kechgan bellashuv mard va jasur xodimlarni saralab berdi. 

Qoʻlga kiritilgan natijalar boʻyicha umumjamoa hisobida viloyat IIB jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Faxrli ikkinchi oʻrin viloyat IIB JXX JTSB PPX batalyoni jamoasiga nasib qilgan boʻlsa, viloyat FVB va 7536- harbiy qism jamoalari uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.  

F.YUSUPOV, 

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.