Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan “Vazir kubogi” musobaqasining hududiy saralash bosqichiga start berildi. Bellashuvlar Surxondaryo viloyati mezbonligida qizgʻin tarzda boshlandi. Dastlab, musobaqaning “D” guruhidan oʻrin olgan jamoalar — Surxondaryo, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmalari, Qorovul qoʻshinlari hamda Jazoni ijro etish departamenti jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar. 

Ayni paytda bellashuvlar yuqori kayfiyat va sogʻlom raqobat muhitida davom etmoqda. Har bir jamoa “Vazir kubogi”ning final bosqichiga yoʻllanma olish uchun oʻz mahoratini namoyish etmoqda.

Oʻz muxbirimiz,

Surxondaryo viloyati.