Huquq-tartibot tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, mukammal qonunlarni qabul qiliş mumkin. Ammo öşa texnologiyalarni boşqaradigan, qonunni hayotga tatbiq etadigan xodimning qalbida maʼnaviy nur, vijdon uyğoqligi va kasbiy or-nomus bölmasa, barça saʼy-harakatlar öz asl ruhini yöqotadi. Negaki, fuqaro davlatni, avvalo, köçada turgan patrul xodimi, mahalladagi profilaktika inspektori yoki tergov xonasidagi tergovçi timsolida köradi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev içki işlar organlari xodimlari va faxriylariga yöllagan tabrigida bu haqiqatni aniq va teran ifodalab berdi: «Odamlar bir xodimning muomalasi va xatti-harakatidan butun tizim haqida xulosa çiqaradi». Mana şu birgina jumlada butun tizimning obrö-eʼtibori va har bir xodim zimmasidagi ulkan maʼnaviy masʼuliyat mujassamlaşgan.

«Içki işlar organlari töğrisida»gi Qonunning 8-moddasida har bir xodimning maʼnaviy qiyofasini belgilab beruvçi oltin qoida bitilgan: xodim fuqaroga murojaat etganida öz lavozimi, unvoni, ismi-şarifini aytişi, xizmat guvohnomasini körsatişi, murojaat sababini tuşuntirişi; fuqaro murojaat etganida uni diqqat bilan eşitişi şart. Inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada böliş esa qatʼiyan taqiqlanadi.

Davlatimiz rahbarining PQ–5050-sonli qarori bilan tasdiqlangan konsepsiya tizimdagi tarbiyaviy işlarni «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qiliş – oliy burçimiz!» degan ğoya atrofida birlaştirdi. Bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan «Içki işlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi» esa tizim hayotida tom maʼnoda buriliş yasadi. Uşbu Kodeksni xodimning «axloqiy konstitutsiyasi» deb ataş mumkin, çunki uning normalari xodimning nafaqat xizmat vaqtidagi, balki xizmatdan taşqaridagi har bir qadamini maʼnaviy mezonlar bilan ölçaydi. Xususan, xodim fuqarolar bilan muloqotda xuşmuomala, kamtar va bosiq bölişi, heç kimni kamsitmasligi, xizmatdan taşqari vaqtda dabdababozlik, şuhratparastlik, guruhbozlik, maişatbozlik va içkilikbozlik kabi illatlarga yöl qöymasligi şart. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda axloqqa zid iboralarni işlatmasligi, davlat organlari va islohotlarga nisbatan işonçsizlik uyğotuvçi materiallar joylaştirmasligi lozim.

Eng muhimi, Kodeks talablariga amal qiliş xizmat faoliyati samaradorligini baholaşning asosiy mezoni etib belgilandi. Bu şuni anglatadiki, tezkor tadbirda yuqori natija körsatgan, ammo fuqaroning şaʼnini kamsitgan, qöpollik qilgan yoki xizmatdan taşqarida nomunosib xatti-harakat sodir etgan xodim ilğor xodim böla olmaydi. Çunki kasbiy mahorat maʼnaviy yetuklik bilan birlaşgandagina haqiqiy professionallik yuzaga keladi.

Taʼkidlaş joizki, Prezidentimiz yöllagan bayram tabrigida ilgari surilgan «Özingni angla va özgani qadrla» hamda «ÖZ» («Özimning Özbekistonim») ğoyalari bugun har bir xodimning hayotiy şioriga va kasbiy burçiga aylanişi şart.

«Özingni angla» – bu, avvalo, kimning vorisi va kimning vakili ekaningni anglaşdir. U uç ming yillik davlatçilik tarixiga ega, «Kuç – adolatdadir» degan tamoyilni dunyoga taqdim etgan Sohibqiron Amir Temur avlodi. «Temur tuzuklari»da davlat xizmatçilari va sipohiylarning adolatli, halol, raiyatparvar bölişi davlat barqarorligining boş şarti sifatida körsatilgan. Hududiy içki işlar organlarida taşkil etilgan «Vatanparvarlik burçaklari»da «Temur tuzuklari»dan namunalar joylaştirilgani ham bejiz emas – bu xodimga tarixiy ildizlarini eslatib turuvçi maʼnaviy közgudir.

Şu bilan birga, «özingni angla» – öz vakolating çegarasini va masʼuliyatini anglaş demakdir. Davlat xodimga maxsus vakolat, xizmat kiyimi, guvohnoma va zarur hollarda kuç hamda qurol işlatiş huquqini işonib topşirgan. Maʼnaviyati zaif odam qöliga vakolat tegsa, kibrga beriladi, özini fuqarolardan ustun qöya boşlaydi. Maʼnaviyati yuksak xodim esa vakolatni imtiyoz emas, balki masʼuliyat deb biladi – vakolati oşgani sari yanada kamtar va vazmin böladi.

«Özgani qadrla» tamoyili esa har bir insonda öz yaqiningni körişni anglatadi. Xizmat faoliyatida xodim jamiyatning eng oğriqli nuqtalariga – oilaviy nizolar, öğrilik, firibgarlik, yöl-transport hodisalari, adaşgan yoşlar bilan boğliq vaziyatlarga duç keladi. Bunday muhitda işlaydigan odamda vaqt ötişi bilan kasbiy çarçoq va «emotsional sovuqqonlik» paydo böliş xavfi bor: inson taqdiriga oddiy statistika yoki navbatdagi bayonnoma sifatida qaraş ehtimoli kuçayadi. Bu xavfning yagona davosi – «Özgani qadrla» tamoyilidir. Murojaat bilan kelgan qariyani öz otangday, közi yoşlangan onaxonni öz onangday, adaşgan ösmirni esa öz ukang yoki farzandingday köra olsang, muomalang ham, qaroring ham özgaradi. Hatto huquqbuzarga nisbatan ham jazo muqarrarligini taʼminlaş barobarida, insoniy şaʼnini toptamaslik, uni töğri yölga qaytarişga intiliş – haqiqiy maʼnaviy yetuklik belgisidir.

«ÖZ» («Özimning Özbekistonim») ğoyasi zamirida esa befarqlikni yengadigan daxldorlik tuyğusi yotadi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, har bir xonadonning osoyiştaligini öz oilang tinçligidek asraş uşbu ğoyaning amaliy ifodasidir.

Amaliyotda ikki nafar xodim bir xil qonuniy talabni ikki xil tarzda qöyişi mumkin: biri qöpol, jerkib gapirsa, fuqaro qonunni buzgan taqdirda ham özini haqoratlangan his qiladi va bu norozilik uyğotadi; boşqasi özini taniştirib, bosiq va hurmat bilan tuşuntirsa, hatto huquqbuzar ham xatosini tan oladi.

Demak, ijobiy imij sunʼiy reklama yoki balandparvoz hisobotlar bilan yaratilmaydi. U uçta asosiy omilga tayanadi: taşqi köriniş va saf madaniyati, nutq madaniyati va tinglaş sanʼati, nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlik. Kasbiy madaniyat kodeksi talablariga muvofiq, xodimning kiyinişi orasta va qatʼiy qoidalarga mos bölişi şart; ğijimlangan forma, tozalanmagan poyabzal yoki loqayd qiyofa davlat ramziga hurmatsizlikdir. Fuqaroni gapini bölmay, samimiy tinglaş esa muammoning yarmini yeçadi. Şuningdek, hissiyotga beriliş, jahl ustida qöpol söz aytiş yoki ortiqça kuç işlatiş – xodimning mağlubiyati. Agressiv yoki provokatsion vaziyatlarda muşt bilan emas, aql, psixologik bilim va vazmin söz bilan vaziyatni yumşatiş zarur.

Tizimning ertangi kuni yoş kadrlarning qanday tarbiyalanişiga boğliq. Ayniqsa, xodim xizmatga kirgan dastlabki bir yil uning kelgusi kasbiy yölini belgilaydi. Ilk kunlardanoq halol, vijdonli ustozga tuşgan yoş xodim kelgusida har tomonlama yetuk mutaxassis, haqiqiy xalqparvar xodim, el suygan rahbar bölib yetişadi; loqaydlik va nopok muhit esa eng ezgu niyatlarni ham söndirişi mumkin.

Içki işlar organi xodimining maʼnaviy qiyofasi haqida söz yuritganda, köpinça eʼtibordan çetda qoladigan, ammo aslida xodimni har kuni xizmatga ilhomlantirib turadigan bir muqaddas qörğon bor – bu uning oilasi. Çindan ham, uyida xotirjamlik, mehr-oqibat va özaro tuşuniş hukm surgan xodim xizmatga pok qalb, kötarinki ruh bilan keladi. Uning oilasi – uning maʼnaviy qalqoni. Şuning uçun ham PQ–5050 hamda PQ–10-sonli qarorlarda har bir rahbar zimmasiga öz qöl ostidagi xodimlarning oilaviy-maişiy muammolarini örganiş, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş masʼuliyati muhim vazifa sifatida yuklatilgan.

Maʼnaviyatning eng yuksak çöqqisi xizmat burçini bajariş çoğida el-yurt tinçligi uçun jonini fido qilgan mard va jasur xodimlarning uçmas xotirasidir. «Vatanparvarlik burçaklari» va muzeylardagi ularning siymosi bugun safda turgan har bir xodimga masʼuliyat yuklaydi: Vatan tinçligi va xizmat libosi şaʼniga aslo doğ tuşirmaslik – vijdon amridir.

Xulosa örnida aytganda, bugungi içki işlar organi xodimi qonunlarni çuqur biladigan va ularning ruhini qalban his etadigan, «Özingni angla va özgani qadrla» hamda «ÖZ» («Özimning Özbekistonim») tamoyillarini kundalik amalga aylantirgan, inson qadri va odillikni oliy mezon deb biladigan şaxs bölişi kerak. U xizmat vaqtida ham, undan taşqarida ham pok vijdon, halollik, xuşmuomalalik va ruhiy barqarorlik namunasini körsatişi, zamonaviy bilim va axborot texnologiyalarini, kasbiy psixologiyani mukammal egallagan holda fuqarolar bilan samimiy muloqot qila olişi, yoş kadrlarga esa çinakam ustoz va ibrat bölişi lozim. Zero, egnimizdagi xizmat libosi – el-yurtning bizga bildirgan bebaho işonçidir.

Abdijabbor ABJALOV,

IIV Malaka oşiriş instituti professori, siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori (PhD), polkovnik.