Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli maʼlumotlarni yetkazish orqali dunyoning koʻp sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi.
Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari taʼsiri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi negizida aloqa-axborot vositalarining yangi avlodlari kompyuter, mobilʼ aloqa vositasi, planshetlar paydo boʻldi.
1927-yil 11-fevral Oʻzbekistonda radioeshittirishlar efirga chiqqan sana sifatida tarix sahifalaridan joy olgan. Aynan shu kuni Toshkent radioeshittirish radiostansiyasining tantanali ochilishi marosimi oʻtkazilgan.
Radioning insoniyat hayotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda, 13-fevral – “BMT radiosi” tashkil etilgan kun munosabati bilan 2011-yil YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan 13-fevral – Butunjahon radio kuni, deb eʼlon qilindi.
Fursatdan foydalanib, ommaviy axborot vositalarining radio yoʻnalishida mehnat qilib kelayotgan barcha hamkasblarimizga ijodiy parvozlar tilab qolamiz.
