– 1841-yil – ingliz qoʻshinlari Gonkongni egallab olishgan.
– 1892-yil – AQShning Massachusets shtatida ilk basketbol oʻyini boʻlib oʻtgan.
– 1893-yil – Londondagi Qirollik institutida Jeyms Devar suyultirilgan gazlarni saqlash uchun idishni namoyish etgan.
– 1921-yil – Dogʻiston Avtonom Sovet Sosialistik Respublikasi, hozirgi Dogʻiston Respublikasi tuzilgan.
– 1921-yil – Turkiya davlatining dunyoviy va milliy xarakterini eʼlon qilgan birinchi turk konstitusiyasi qabul qilingan.
– 1944-yil – Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari Berlinga 2300 tonna bomba tashlagan.
– 1980-yil – AQSh prezidenti Jimmi Karter Moskva Olimpiadasiga boykot eʼlon qilgan.
– 1990-yil – Sovet qoʻshinlari Ozarbayjon poytaxti Bokuga kirgan (Qora yanvarʼ voqealari).
– 1991-yil – Qrimda umumxalq referendumi boʻlib oʻtdi, uning natijasida Qrim ASSR qayta tiklangan.
– 1996-yil – Yosir Arofat Falastin maʼmuriyatining prezidenti etib saylangan.
– 2018-yil – Turkiya Suriyaning shimolida "Zaytun novdasi" operatsiyasini boshlagan.
