– 1792-yil – Fransiya Respublika deb eʼlon qilingan.

– 1862-yil – AQSh prezidenti Avraam Linkolʼn qora tanli qullarning ozod etilishini eʼlon qilgan.

– 1869-yil – Avstriyada dunyodagi birinchi pochta otkritkalari chiqarilgan.

– 1921-yil – Latviya, Litva va Estoniya Millatlar Ligasiga qabul qilingan.

– 1960-yil – Mali Fransiyadan mustaqillikka erishgan.

– 1974-yil – BMT Bosh Assambleyasida ilk bor «Falastin masalasi» kun tartibiga kiritilgan. Bu aslida Falastin Ozodlik Tashkiloti va uning rahbari Yosir Arofatni Falastin xalqining vakolatli vakili sifatida eʼtirof etish edi.

– 1980-yil – Eron – Iroq urushi boshlangan.

– 1989 - yil – qozoq tili Qozogʻistonning davlat tili deb eʼlon qilingan.

– 1991-yil – Tojikistonda Kommunistik partiya faoliyati taqiqlangan.

– 1991-yil – Mustaqil Kosovo Respublikasi tashkil topgan.

– 2000-yil – aksiyalar narxining pasayishi tufayli Microsoft asoschisi va rahbari Bill Geytsning boyligi 22 milliard dollarga kamaygan, ammo qolgan 63 milliard dollar unga 2008-yilgacha dunyoning eng boy odami unvonini saqlab qolishga imkon bergan.