– 1120-yil – Normandiya qirgʻogʻi yaqinidagi La-Mansh boʻyida Oq kema halokatga uchrashi natijasida koʻp sonli anglonorman aristokratlari, jumladan, ingliz taxti vorisi Uilyam Adelin halok boʻlgan.

– 1510-yil – Alfonso de Albukerke boshchiligidagi portugallar Goani Bijapur sultonligidan ajratib olib u yerda 451 yillik hukmronligini oʻrnatishgan.

– 1783-yil – Amerika inqilobiy urushi tugagandan soʻng oxirgi ingliz qoʻshinlari Nʼyu-Yorkni tark etishgan.

– 1867-yil – Alfred Nobelʼ dinamitni patentlagan.

– 1917-yil – Birinchi jahon urushida Germaniya armiyasi hozirgi Mozambik va Tanzaniya chegara hududida portugallarni magʻlub etishgan.

 – 1936-yil – Germaniya va Yaponiya Antikomintern paktini imzolagan.

– 1950-yil – Koreya urushi: Xitoy armiyasi oʻzining birinchi yirik hujumini boshlagan, natijada BMT kuchlari ogʻir magʻlubiyatga uchragan.

– 1952-yil – Yozuvchi Agata Kristining mistik yoʻnalishdagi "Sichqon uchun qopqon" dramatik asari tarixda eng uzoq vaqt qoʻyilgan sahna asari boʻlgan.

– 1975-yil – Surinam Niderlandiyadan mustaqillikka erishgan.

– 1992-yil – Chexoslovakiya federal assambleyasi mamlakatni Chexiya va Slovakiyaga boʻlishni yoqlab ovoz bergan.