– 1065 yil – Londonda Vestminster abbatligiga asos solingan.

– 1810 yil – Irlandiya sohillari yaqinida inglizlarning "Elisabeth" kemasi boʻron sababli halokatga uchragan; taxminan 400 kishi vafot etgan.

– 1869 yil – Ogayo shtatida (AQSH) Uilyam Sempl tomonidan ilk saqich patentlangan.

– 1895 yil – Vyurtsburgda nemis fizigi V.Rentgen tomonidan rentgen nurlari kashf etilganligi eʼlon qilingan.

– 1905 yil – Sochi Pyespublikasi tashkil topgan;

– 1908 yil —Sitsiliyadagi zilzila oqibatida 75 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.

– 1917 yil— Ukraina Ssrda dastlabki Sovet milliy harbiy boʻlimi — Qizil kazaklarning birinchi polki tashkil topgan. Vitaliy Markovich Primakov ataman (qoʻmondon) etib tayinlangan.

– 1943 yil — SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining NKVD qoʻshinlari tomonidan Qalmoq Assrni tugatish toʻgʻrisidagi farmoni bilan qalmoqlarni Sibir va Uzoq Sharq mintaqalariga koʻchirish boʻyicha operatsiya oʻtkazilgan.

– 1968 yil — Bayrut xalqaro aeroportidagi reyd paytida Isroil maxsus kuchlari 14 yoʻlovchi samolyotini yoʻq qilgan.

– 1973 yil — Parijda Soljenitsinning "GULAG arxipelagi" romani nashr etilgan.

– 1999 yil — Saparmurat Niyozov umrbod Turkmaniston Prezidenti deb eʼlon qilingan.

– 2007 yil — Nepal Federal Demokratik Respublikasi tashkil topgan.

– 2014 yil – Indoneziyaning AirAsia aviakompaniyasiga tegishli AirBus A320 samolyoti Yava dengizida qulab tushgan va 162 kishi halok boʻlgan.