– Miloddan avvalgi 480-yil – Egey dengizining Saronik koʻrfazidagi Salamin oroli yaqinida yunon va fors flotlari oʻrtasidagi dengiz jangi boʻlib oʻtgan.
– 1618-yil – Bryusselda dunyodagi birinchi lombard (garovxona) ochilgan.
– 1793-yil – Kanadada ushbu sanadan keyin tugʻilgan qullarning farzandlari 25 yoshga toʻlganda ozod etilishi belgilab qoʻyilgan.
– 1939 -yil — Ikkinchi jahon urushi: Varshava taslim boʻlgan.
– 1939-yil – «SSSR va Germaniya oʻrtasidagi doʻstlik va chegara shartnomasi» imzolangan.
– 1944-yil – Belgradning «Serbiya» armiyasi guruhining magʻlubiyatiga va Yugoslaviyaning ozod qilinishiga olib kelgan Belgrad strategik hujum operatsiyasi boshlangan.
– 1958-yil – Fransiyada referendum boʻlib oʻtgan, unda Beshinchi respublika Konstitusiyasi qabul qilingan.
– 1961-yil – Suriyada harbiy toʻntarish sodir boʻlgan, natijada Birlashgan Arab Respublikasi tarkibidan chiqish va Suriya Arab Respublikasi eʼlon qilingan.
– 1994-yil – Boltiq dengizida «Estoniya» paromi choʻkib ketgan, 852 kishi halok boʻlgan. Bu Yevropadagi tinchlik davridagi eng katta kema halokati boʻlgan.
– 2000-yil – Isroil Bosh vaziri Ehud Barak birinchi marta Quddusning boʻlinish imkoniyatini tan olgan. Unga koʻra, falastinliklar bilan tinchlik shartnomasi tuzilsa, shaharning gʻarbiy qismi Isroil poytaxti boʻlib qolishi, sharqiy qismi esa Falastin davlatining poytaxtiga aylanadi.
– 2009-yil – Hindistonning «Chandrayan -1» kosmik kemasi Oyda suv topgan.
